22 may kuni soat 6:00 da Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 4R-84 Yakkabog‘ — Chiroqchi avtomagistralining 29-kilometrida Nexia avtomobilinining gaz balloni mashina harakatlanib ketayotganda portladi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buning oqibatida, avtomobil ichida bo‘lgan 2 fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.