Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjal oqibatida singil o‘z opasini pichoqlab o‘ldirdi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati Yoshlar kanaliga tayanib.

Aniqlanishicha, 19 yanvar kuni soat 18:30 larda o‘zaro tortishib qolgan opa-singil «bir-birini fohishalikda, yengiltabiatlikda» ayblagan. Bu vaqtda ayollarning ikkisi ham spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aytilmoqda.

Janjal oqibatida singil o‘z opasini pichoqlab, tan jarohati yetkazgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning ma’lumotida yetkazilgan tan jarohati o‘limga olib kelgani aytilgan.

Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «b» bandi bilan kodeksning 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.