Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga Umid Abidxadjayev tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umid Abidxadjayev bunga qadar prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

2009 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetini, 2014 yilda Yaponiyaning Keyo universitetining magistratura bosqichini hamda 2017 yilda Yaponiyaning Keyo universitetining doktorantura bosqichini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

Yaponiyada Osiyo Taraqqiyot Banki Instituti, Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholash instituti, Yaponiyadagi Keyo universiteti, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida faoliyat yuritgan.