Qozog‘istonning Olma-ota shahrida 14−16 may kunlari Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlab dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Osiyo mamlakatlaridan 200 ga yaqin tatami ustalari ishtirok etishdi. Bu haqda Milliy olimiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida o‘smirlar tatamiga chiqishgan va unda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Halimajon Qurbonova (-48 kg), Sita Kadambayeva (-52 kg), Fotima Kuramboyeva (78 kg), Abdulbosit Abdusalimov (-66 kg), O‘tkirbek To‘raboyev (-100 kg), Shohrux Mamarasulov (+100 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Jayxunbek Nazarov (-73 kg) va Islombek Ravshanqulov (100 kg) kumush, Farangiz Rejepova (-63 kg), Farangiz Xolmurodova (-70 kg), Mamlakat Sultonova (-70 kg), Shinar Ibrayeva (-78 kg), Shavkat Saitqulov (-66 kg) va Dilshodjon Bahodirov (-90 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

So‘nggi kungi bahslar natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzyudochilar 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin medal farqi bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng 2-o‘rinni band etdi.