Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Andijon tumanida yosh kelinchakning guruh bo‘lib zo‘rlangani holatini nazoratga oldi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

«Gazeta.uz» avvalroq Andijon tumanida olti erkak dala shiyponida 20 yoshli kelinchakni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar qilgan edi. Andijon viloyat IBB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Senat xabarida qayd etilishicha, 17 may kuni Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rnatilgan tartibda qo‘mitaga dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi.