Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Andijon tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli O. O.ning olti nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqidagi ariza bo‘yicha tergov olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, yosh kelinchak 13 may kuni 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni Zaripak ko‘chasidagi «Qoraqalpoq» mahallasidagi dala shiyponida A. S. va O. M. kuch ishlatgan holda u bilan jinsiy aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tezkor guruhi voqea joyiga tashrif buyurib, suratga olishdi.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan ayollar ko‘ylagi va lozimi, ro‘mol, jemfer, yuz sochiq, ayollar ichki kiyimlari hamda bir bo‘lak oq latta daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.

Jabrlanuvchining tushuntirish xatida aytishicha, u 13 may kuni turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish uchun borishgan. Soat 16:00 da bir o‘zi chaylada qolgan vaqtida o‘ziga tanish bo‘lgan O. S. mast holatda kelib, o‘zini va turmush o‘rtog‘ini tanishini aytib, ularning uyiga o‘tin mahsulotlarini olib berganligini ma’lum qiladi. So‘ngra uning egnida bo‘lgan ko‘ylak va lozimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada bo‘ladi.

Shundan keyin A.S. o‘zining sheriklarini chaqirib, ular ham chayla ichiga kirib, uning qo‘llarini ushlab turgan, A.S. esa bir soat vaqt davomida jinsiy jinsiy aloqa qilgan. Shundan keyin O. M. ham chayla ichiga kirib, uni tovuq katagi ichiga olib kirib, qo‘llarini arqon yordamida bog‘lab, 30 daqiqa jinsiy aloqa qilgan.

Besh nafar fuqaro — O.M, A. S, A.M., X.J. va B.A. — 13 may kuni soat taxminan 14:00 larda haqiqatdan ham Qoraqolpoq mahallasi Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala maydoni tomonga cho‘milish uchun borganlari, shu yerda bo‘lgan «Qoradaryo» soyida cho‘milishgani, biroq shu kuni O.O.ni ko‘rmaganlari va u bilan jinsiy aloqada bo‘lishmaganligini bildirishgan.

Bor gap! Telegram-kanali uning singlisi aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan videoyozuvni e’lon qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida Andijon tumanida istiqomat qiluvchi quyidagi shaxslar gumon qilinmoqda:

  • O. M. (1990 y. t.), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan, haydovchi;
  • AS (1992), mavsumiy ishchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
  • A. M. (1984), haydovchi, oilali, 3 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
  • M. J. (1979), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
  • H.J. (1985), haydovchi, oilali, 4 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
  • BA (1990), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan.