14 may kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Roberts tomonidan imzolandi.

Dominika Hamdo‘stligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kv.km.ni, aholi soni esa 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Britaniya millatlar Hamdo‘stligi, Karib Hamjamiyati (CARICOM), Karib umumiy bozori va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.


Foto: Dominica Consulate Greece.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tuzilmasi doirasida birgalikdagi ishlarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini tasdiqladi. O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Dominika Hamdo‘stligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 137-mamlakatga aylandi.

3 fevral kuni O‘zbekiston San-Marino bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan edi.