Prezident raisligida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev so‘z avvalida sohalarda nafaqat vazir va hokimlar balki ularning o‘rinbosarlari ham birdek javobgar ekanligini haqida gapirdi.

«Koronavirus butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Biz o‘tgan yili ham aytgandik, yana bir bor ta’kidlayman: biz shu sharoitda ishlashga o‘rganishimiz kerak… Bugun har bir tarmoq rahbari biror muammo bo‘lsa aytishi kerak. Har masalaning yechimini topish shart. Ura-ura qiladigan rahbarlar kerak emas. Murakkab pandemiya davrida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kerak. Vazirliklarda vertikal tizim ishlamayapti. Vazirning tashabbuskorligi yetishmayapti. Har bir vazirning o‘rinbosari ham qonun doirasida mas’uliyat va javobgarlikni o‘ziga olishi kerak…», — dedi davlat rahbari.

Prezident viloyat hokimlarining o‘rinbosarlarida ma’suliyat yetishmayotganligini tanqid qildi.

«Viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari ham mas’uliyati va javobgarligini bilishi kerak. Har chorakda o‘rinbosarlar o‘ziga yuklatilgan vazifani qila olmasa, aravani torta olmasa, ishdan bo‘shatish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.