Xidirov Alisher Bo‘riyevich Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi.

U 1982 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi va audit.

A.Xidirov mehnat faoliyati davomida «Temiryo‘lloyiha» OAJ instituti texnigi, muhandisi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ kapital qurilish direksiyasi qurilish bo‘yicha muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» sho‘’ba korxonasi hisobchisi, qurilish bo‘limi muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2015 yildan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi «KASABA QURILISH TA`MIR» sho‘’ba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.