Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga (50% foizga) oshdi.

Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 478 mln dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo deyarli 1,52 mlrd dollarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etgan edi.