Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 17 maydan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 8,18 so‘mga ko‘tarildi va 10 550,84 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 21,70 so‘mga arzonladi va 12 804,50 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,47 so‘mga pasaydi va 142,11 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 13 so‘mga qimmatlab, jami 10 542 so‘mni tashkil qilgandi.