10 may kuni Toshkentda yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda shahar IIB matbuot xizmati.

Hodisa soat 11:30 da Yangihayot tumanidagi Mehrigiyo ko‘chasida muqaddam 3 fevral kuni Uchtepa tumani sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi 1-qismiga (Transport vositalarini mast holda boshqarish) muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan A.A. (1995 y.t.) Spark rusumli avtomobilini boshqarib yo‘l tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda — B.R. ni (1998 y.t.) urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida odam o‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.