2019 yil iyul oyida O‘zbekiston IIV YHXBB tomonidan yo‘l harakati qoidalari (YHQ) buzilganligi haqidagi videoyozuvlarni qabul qilish uchun maxsus veb-sayt ishga tushirildi: dyhxx.ejarima.uz. Videoni yuborish orqali huquqbuzardan undirilgan jarima hisobiga BHMning 5% miqdorida mukofot olish mumkin.

2021 yil 1 yanvargacha YHXBB qoidabuzarliklar bo‘yicha faqat avtomobil videoregistratoriga olingan videoyozuvlarini qabul qildi. Ammo endilikda istalgan videokameradan, jumladan, kuzatuv kameralari va mobil telefonlarga olingan videoyozuvlarni ham ilova qilish mumkin.

Videoyozuvlarga qo‘yilgan talablar

Muddat — uch kun. Videoyozuv YHQ buzilishi aniqlangan paytdan boshlab uch kundan kechiktirmasdan yuborilishi kerak. Unda aniq sana va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Aniq qayd etilgan qoidabuzarlik. Videoda sodir etilgan qoidabuzarlik, transport vositasining markasi va davlat raqami ko‘rinishi va aniq ajratila olinishi kerak.

Davomiyligi — ikki daqiqagacha. Tizimga 120 soniyagacha bo‘lgan videoyozuvlarni yuklash mumkin. Uzunroq videolarni qisqartirish mumkin. Videoga boshqa o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man etiladi.

Yaxshi tasvir. Ruxsat etilgan minimal o‘lcham 720×480 piksel. Tasvir o‘lchamlari qanchalik baland bo‘lsa, shuncha yaxshi. Tavsiya etilgan fayl formati — MP4.

Avtoturargoh qoidalari buzilganida ikkita video. To‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilganini yuborish uchun bir vaqtning o‘zida ikkita video ilova qilinishi kerak. Ikkinchisi birinchisidan kamida 10 minut o‘tgach suratga olinishi kerak.

Qoidabuzarliklar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi

Qarorga ko‘ra, DYHXX ma’muriy inspektorlari uch kun ichida murojaatni ko‘rib chiqishlari va qaror qabul qilishlari kerak. Videoni yuklagan kishiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida javob 15 kun ichida elektron tarzda berilishi kerak.

Mukofotni qay tartibda va qancha miqdorda olish mumkin

Ariza beruvchiga jarima to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kuni BHMning 5% miqdorida mukofot belgilanadi. 2021 yil may oyi holatiga ko‘ra bu mablag‘ 12250 so‘mni tashkil etadi.

Videoyozuvda ko‘rsatilgan har bir tasdiqlangan qoidabuzarlik uchun mukofot beriladi. Agar bitta videoning o‘zida beshta huquqbuzar ko‘rsatilsa, murojaatchiga besh baravar mukofot beriladi: 5×12,250 = 61,250 so‘m.

Mukofotni quyidagi tartibda olish mumkin:

  • uyali aloqa operatori orqali balansni to‘ldirish mumkin. Korporativ raqamlar qabul qilinmaydi;
  • Uzcard so‘m kartasiga o‘tkazish mumkin. Kartaning amal qilish muddati keyingi ikki oy ichida tugamasligi kerak;
  • yuridik shaxsning bank hisob raqamiga o‘tkazish mumkin;
  • beshta jamg‘armaning biriga xayriya qilish. Xayriya tanlovi huquqbuzarga ko‘rsatiladi;
  • mukofotni rad etish va pulni tizimda qoldirish. Rad etganlik holati huquqbuzarga ko‘rsatiladi.

Mukofot qachon to‘lanadi

Mukofot huquqbuzar jarimani to‘lagandan keyingina to‘lanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksning 332-moddasiga binoan YHQni buzganlik uchun jarimani to‘lash uchun 60 kun beriladi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, jarimani to‘lash sezilarli darajada kechikishi mumkin, shuning uchun rag‘batlantirishni to‘lash ham kechikadi.

Videoni yuborish uchun saytda qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak

dyhxx.ejarima.uz saytiga kirib, telefon raqamingizni kiritishingiz kerak. Ushbu raqamga tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar yuboriladi.


So‘ngra ism-sharifingiz, telefon raqamingiz va manzilingizni ko‘rsatgan holda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi shaklni to‘ldirish kerak.


Endi SMS yubormasdan saytga yana kirish uchun akkauntga parol qo‘yish mumkin.


Yo‘l harakati qoidalari buзилганлиги haqidagi videoёзuвни qanday yuklash mumkin

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan yangi videoyozuvni yuklash uchun “Yuklash” tugmasini bosish kerak.


Paydo bo‘lgan oynada videoni tanlash va uning yuklanishini kutish kerak. Yuklangan videoni o‘rnatilgan ichki playerda ko‘rish mumkin.

“Qoidabuzarliklar” bo‘limida, shuningdek, transport vositasining raqamini ko‘rsatish va huquqbuzarlik tafsilotlarini tavsiflash lozim, bu inspektorga tafsilotlarni tushunishga yordam beradi.


So‘ngra, “Joyi va vaqti” bo‘limida qoidabuzarlik sodir bo‘lgan taxminiy manzilni kiritish va xaritada o‘sha joyni ko‘rsatish kerak. Shundan so‘ng, videoga geografik koordinatalar biriktirilishi uchun “Koordinatalarni qo‘lda kiritish” katagini belgilash kerak.

Keyin qoidabuzarlik sodir bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatish kerak.


“Rag‘batlantirish” bo‘limida to‘lov turini tanlash yoki uni xayriya tashkilotiga yuborish yoki rad etish va tizimda qoldirish kerak.


“Ko‘rish” bo‘limida to‘ldirilgan ma’lumotlarni tekshirish kerak va keyin “Yuborish” tugmasini bosish lozim.


Shundan so‘ng, ariza tugallangan hisoblanadi, “Ko‘rib chiqish kutilmoqda” statusini oladi va ko‘rib chiqish uchun DYHXX inspektoriga yuboriladi.


Ariza yuborilgandan keyin nima bo‘ladi

Ariza topshirilganidan so‘ng DYHXX inspektori tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun o‘z navbatini kutadi. Navbat kelganda, xodim jarima to‘g‘risida qaror chiqaradi yoki arizani rad etadi. Bunda, murojaatchi ariza ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida SMS-xabar oladi.

Qoidabuzar jarimani to‘laganda, ariza jo‘natuvchiga status o‘zgarganligi va o‘tkazilgan mukofot haqida SMS-xabar ham keladi.

Ariza statuslari nimani anglatadi

Qoidabuzarlikning videoyozuvi ko‘rib chiqilishi jarayonida ariza turli statuslarda bo‘ladi.

Ko‘rib chiqish kutilmoqda — ariza inspektor tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ko‘rilmoqda — inspektor arizani ochgan, lekin ko‘rib chiqishni tugatmadi.

Rad etildi — ariza DYHXX inspektori tomonidan rad etildi.

Ko‘rib chiqildi — ariza ko‘rib chiqildi va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror shakllantirildi.

Yetkazilmadi — qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumot texnik muammolar tufayli “Ma'muriy amaliyot” tizimiga qaror shakllantirish uchun yuborilmay qoldi.

To‘lov kutilmoqda — huquqbuzar tomonidan to‘lovni kutish.

To‘landi — ushbu qaror bo‘yicha jarima to‘langan va ariza beruvchiga mukofot o‘tkazilgan.

Bekor qilindi — qoidabuzarlik to‘g‘risida qaror chiqarildi, lekin keyinchalik sud tomonidan bekor qilindi.

Nima uchun qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ariza rad etilishi mumkin

Talablarga javob bermasligi. Qoidabuzarlikning o‘zi yoki transport vositasi raqami yomon tasvirlangan sifatsiz videoyozuvlar rad etiladi. Shuningdek, videomuharrirlarda ishlov berilgan videolar qabul qilinmaydi. Videoyozuvdagi va rasmiylashtirilgan arizadagi vaqt to‘liq mos kelishi kerak, aks holda u qabul qilinmaydi.

Takroriy qoidabuzarlik. Agar inspektor tomonidan ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ariza rad etilishi mumkin.

Sud qarori bilan. Qoidabuzar qaror ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Agar sud uning foydasiga hal bo‘lsa, qaror bekor qilinadi.

Қоиdabuзарлик haqidagi videoni smartfonga yozib olish

Qoidabuzarlik haqida xabar berishning shartlaridan biri bu videoda sana va vaqtning bo‘lishi shartidir. Uni smartfonga standart mobil ilovalarda qo‘shib bo‘lmaydi.

Ammo iOS va Android uchun Timestamp Camera mobil ilovasi yordamida siz videoni suratga olish paytida osongina vaqt belgisini qo‘shishingiz mumkin. Misol:

Қоиdabuзарликлар to‘g‘risidagi videolarni yuborish ариза берuвчилар uchun qanchalik xavfsiz?

IIV YHXBB ariza jo‘natuvchining to‘liq anonimligi va xavfsizligini kafolatlaydi.

Tizimda ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari yashiringan, shuning uchun qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqayotgan DYHXX inspektorlari va huquqbuzarning o‘zi ularni ko‘rmasligi kerak.

Mukofot, huquqbuzar jarimani to‘laganidan so‘ng darhol tizim tomonidan inson omilisiz o‘tkaziladi.