10 may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida «Sardoba ishi»ga oid yopiq sud doirasida 17 nafar mutasaddi shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

«Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, M. Xolmatov («O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari — Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S. Rudnev («UzGIP» MCHJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S. Abdunazarov («Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B. Asadov («TO'PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» SHK) UK rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

L. Tojiddinov («TO'PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» SHK) UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

K. Ro‘ziyev («TO'PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 97 540 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

A. Shukurov («TO'PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

I. Kattabekov («Omad dubl» MCHJ rahbari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

O‘. Xamrayev («Omad dubl» MCHJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Mamirov («Omad dubl» MCHJ ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

S. Muroduloyev («Sariosiyo qurilish» MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

A. Murodullayev («Sariosiyo qurilish» MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

F. Maxmudov («Trans servis kompleks» MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Z. Jabborov («Trans servis kompleks» MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Kuchkarov (Suv xo‘jaligi vazirligi Suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22 300 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash 6 865 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

F. Danaboyev («Sardoba» suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S. Kaxxorov («Sardoba» suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchilardan o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari va fuqaroviy da’vogarlarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi, deyiladi xabarda.