Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechqurun yog‘ishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li tumanlarda hafta davomida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 23−28 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat may oyining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.