2021 yilning 11−12 may O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan «Xitoy — Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun XXRga tashrif bilan boradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.

Vazirlar uchrashuvida o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida vazir Abdulaziz Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi va «Ipak yo‘li» 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.