O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni 2021 yil uchun ishlanmaydigan kunlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbasi xabar qildi.

Qabul qilingan hujjat bilan O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-6122-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qaror «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar (qora bilan ajratilganlar — o‘zgartish kiritilgan sanalar):

14 may — juma;

2 sentyabr — payshanba;

3 sentyabr — juma;

31 dekabr — juma".

(byudjet tashkilotlarida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar yillik mehnat ta’tilini qisqartirish hisobiga qoplanadi)

Ko‘chirilayotgan dam olish kunlari (Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan):

17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;

24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga.

Barcha ishchilar uchun ishlanmaydigan kunlar (ish haftasi turidan qat’i nazar):

2 yanvar — shanba;

20 mart — shanba;

22 mart — dushanba;

15 may — shanba;

21 iyul — chorshanba;

22 iyul — payshanba;

4 sentyabr — shanba.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning fevraldagi farmoni bilan Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilangan edi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan «oilaviy sayohat ta’tili» tizimi joriy etildi. Bunda, «oilaviy sayohat ta’tili» yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.