Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 11 maydan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 17,89 so‘mga ko‘tarildi va 10 529,73 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 111,11 so‘mga qimmatladi va 12 808,36 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,48 so‘mga ko‘tarildi va 142,32 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 18 so‘mga qimmatlab, jami 10 511 so‘mni tashkil qilgandi.