Toshkent shahar, Yunusobod tumani hokimi Jaxongir Ibroximovda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Haftaning har juma kuni fuqarolar uchun tashkil etiladigan sayyor qabulni ma’lum muddat tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Amir Muxitdinov o‘tkazadi, deyiladi xabarda.