Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov 76 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda 3 may kuni huquq himoyachisining turmush o‘rtog‘i BBC Uzbek xizmatiga xabar bergan.

Surat Ikromov 1945 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha radio aloqa va radio eshittirishlarni efirga uzatish bo‘yicha injener bo‘lgan va bosmaxonada ishlagan. Fotomuxbir sifatida uning suratlari gazetalarda chop etilgan.

Surat Ikromov 2002 yili O‘zbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhiga asos solgan.

BBC Uzbek`ning xabar berishicha, 2018 yili Surat Ikromov yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi.