DXX xodimlari 1 mln dollardan ortiq mablag‘larni noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deya xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Dastlab, Qozog‘istonga yo‘l olgan «O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk poyezdining ikki mashinisti hibsga olingan. Elektrovozda joylashtirilgan yashirin nuqtalarda 971 ming dollar, 47,7 ming yevro va 3,4 mln rubl topilgan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ushbu mablag‘larni mashinistlarga Qozog‘istonga olib chiqish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro topshirgani aniqlandi va hibsga olindi.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.