4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimovaning nomzodi qo‘yildi.

Z.Ibragimovaning nomzodi ko‘pchilikning ovozi bilan spiker o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga saylandi.

Zuxra Ibragimova Toshkent pediatriya tibbiyot institutini bitirgan, mutaxassisligi bo‘yicha pediatr shifokori. Qonunchilik palatasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3-Ellikqal’a saylov okrugidan saylangan.