Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimiga Xayrullo G‘afforov ko‘pchilikning ovozi bilan saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xayrullo G‘afforov Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

Bundan avval, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimova saylangan edi.