Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U bunga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

Xurshidjon Ahmedov Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi mintaqashunoslik.

«Asakabank» Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi, Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.