Somang Development Korea MCHJ XK — 2006 yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 100% xorijiy kapitaldan iborat kompaniya hisoblanadi. Kompaniya Toshkent shahri markazida qurilayotgan turar-joy majmualari haqida o‘z fikrlari va ma’lumotlar bilan ulashdi.

Uyiningizning obro‘siga ta’sir qiluvchi muhim jihatlaridan biri bu uning joylashuvidir. To‘g‘ri tanlangan joy — bu transport vositalari jihatidan yengilliklar bo‘lishi hamda yashash uchun boshqa qulayliklar mavjudligining garovidir.

Seoul Riverside turar-joy majmuasi — bu shaxsiy vaqti, shuningdek, qulaylik va jimjitlikni qadrlovchilar uchun haqiqiy topilma.


Seoul Riverside turar-joy majmuasi Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasi va Bobur ko‘chasi kesishmasida, manzarali daryobo‘yi hududida joylashgan. Turar-joy dahasi 7 ta ko‘p qavatli uylar majmualaridan iborat bo‘lib, shulardan ikkitasi qurib bitkazilgan va topshirilgan, uchinchi majmua shu yil foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, 2 ta ko‘p qavatli yer usti avtoturargohi, bolalar maydonchasi va basseynli, sog‘lomlashtiruvchi sport majmuasi ham ko‘zda tutilgan. Har bir uyda Koreya davlatida ishlab chikarilgan tovushsiz, yuqori texnologiyalarga asoslangan liftlar, sensorli kirish eshiklari, videokuzatuv tizimlari, shuningdek, xonadondan lift chaqirish, domofon va videofon kabi qo‘shimcha qulayliklar mavjud.


Seoul Riverside turar-joy majmuasi insonlarning poytaxt markazida maksimal darajada qulay hayot kechirishlari uchun yaratilgan. Ya’ni, Korzinka savdo markazi va Ice Rink kabi parkni O‘z ichiga olgan Next savdo-ko‘ngilochar majmuasi, Magic City parki, zamonaviy restoranlar, jahon brendlarining butiklari bilan birga daryobo‘yida yangi qurilayotgan SeoulMun, shuningdek, aholining sevimli maskaniga aylangan ko‘pfunksiyali Humo arenasiga yaqin hududda joylashgan.

Shunday ekan, siz har doim oilangiz, do‘stlaringiz yoki mehmonlar bilan vaqtingizni mazmunli o‘tkazish uchun variantlarga ega bo‘lasiz. Asosiysi, xalqaro aeroport va vokzal avto orqali harakatlanganda uyingizdan 10 daqiqa uzoqlikda joylashgan bo‘ladi.

Yangi turar-joy majmualarini qurishda biz Toshkentning qoq markazida joylashgan biznes-markaz Seoul Plaza qurilishidagi, shuningdek, xorijdagi uy-joylar va ob’ektlar qurilishidagi xalqaro tajribamizga tayandik.


Qurilish va zamonaviy qurilish texnologiyalarini qo‘llashdagi ijobiy tajriba — bo‘lajak uyingiz sifati va ishonchliligining asosiy garovidir.

Qurilish materiallarining muhimligi va sifatini baholash juda qiyin ish, undan ham qiyinrog‘i esa aynan siz uchun uzoq yillar davomida nafaqat uy, balki qulay sarmoya bo‘la oladigan turar-joy majmuasini tanlashdir.

Mana shu joyida to‘g‘ri qaror qabul qila olish juda muhimdir. Ko‘pchilik o‘zi tanlovini amalga oshirdi va Seoul Riverside turar-joy majmuasi sarmoyadoriga aylandi.

Ofis manzili: Tashkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko‘chasi, 2-uy.
Mo‘ljal: NEXT savdo-ko‘ngilochar markazi, Yakkasaroy tumani hokimligi.

Sotuv bo‘limi telefoni: 71 230 09 91, 97 738 57 00

Sayt: www.somang.uz
Facebook: https://fb.me/SomangDK
Telegram: https://t.me/seoul_riverside

Reklama huquqlari asosida.