Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusga chalindi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov o‘zining TikTok`dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Men o‘zim ham 2020 yili koronavirusdan davolanib chiqdim. Ayrim asoratlarini aytmaganda hozir yaxshiman. Shu o‘rinda bugungi kunda virusdan davolanayotgan viloyat rahbarining salomatliklari tiklanib, tez orada ish faoliyatlariga qaytishini so‘ragan bo‘lar edim», — deydi Ahror Sodiqov.

Avvalroq, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovlar kasallikka chalinib, davolanib chiqqan.