O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi xabar berdi.

U mazkur tayinlovga qadar vazirning ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi edi.

O‘tkir Saidov 2011 yilda Samarqand davlat chet tillar institutini hamda 2015 yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U 2017 yildan buyon Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.