Rustam Rajabov UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Bunga Spot.uz e’tibor qaratdi.

Bungacha Rustam Rajabov kompaniyani bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida boshqarib kelayotgan edi.

U kompaniyaning 2021 yildagi natijalari ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 2022 yil 30 iyundan kech bo‘lmagan, bir yillik muddatga bosh direktor etib tayinlandi.