Iroqning Bog‘dod shahridagi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun jihozlangan shifoxonada yuz bergan yong‘inda 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 110 kishi jarohatlandi. Bu haqda Al-Hadath ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Bog‘dod janubi-sharqidagi Ibn al-Xatib kasalxonasida yong‘in 24 aprel kuni sodir bo‘lgan. Yong‘in kislorod saqlanadigan omborda portlash yuz berganidan keyin boshlangan. Shifoxonadagi ba’zi bemorlar olovdan saqlanish uchun derazalardan sakrashgan. Ikki qavatli bino deyarli butunlay yonib ketgan.

Hozirda 200 ga yaqin odam qutqarilgani aytilmoqda.

Bog‘doddagi yong‘indan keyin shahar meri va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Iroqda uch kunlik motam e’lon qilindi.