22 aprel kuni Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit Nexia avtomashinasini boshqarib yuk avtomobiliga borib urildi, deya xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.

Hodisa soat 21:00 larda Toshkent shahar, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasida haydovchilik guvohnomasi olmagan fuqaro S.A. (2004 y.t.) tomonidan sodir etilgan. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotgan S.A. o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi B.Q. 1994 (y.t.) boshqaruvida bo‘lgan «DAF» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R.lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.