Andijon viloyati Qirg‘iziston bilan «Do‘stlik» chegara bojxona postida qalbaki davlat avtoraqamlarini olib kirish holati aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot хизматихабар bermoqda.

Bojxona tekshiruvi o‘tkazilganida, «Volvo FH» rusumli yuk mashinasining haydovchi o‘rindig‘i orqasida hujjatlari bo‘lmagan 4 dona «40A770AA», 2 dona «40A234AA» hamda 2 dona «01A755AA» qalbaki davlat avtoraqamlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Ehtimol, raqamlar Farg‘ona viloyatida «40» kodi bilan, Toshkent shahrida esa «01» kodi bilan ishlatilishi uchun mo‘ljallangan edi.

Ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.