23 aprel kuni yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bangladesh elchisi Muhammad Jahongir A’lam, Chexiya elchisi Vatslav Yilek, Misr elchisi Amira Fahmiy, Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddod, Turkiya elchisi Olgan Bekar, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian va Rossiya elchisi Oleg Malginovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Davlat rahbari elchilarni mamlakatdagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan tabrikladi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi. Prezident, shuningdek, yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.