Eron, Yaponiya va O‘zbekiston futzal termalari Litvadagi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar bermoqda.

Foto: Osiyo futbol konfederatsiyasi

OFK oxirgi qit’a birinchiliklaridagi natijalarni hisoblab, jahon chempionatiga yo‘l oluvchi termalarni saralab oldi. Unga ko‘ra, Eron, Yaponiya va O‘zbekiston futzal termalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Litvadagi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Qolgan 2 o‘rin egasi esa 4 ta jamoa — Livan, Iroq, Tailand va Vetnam o‘rtasida aniqlanadi. Ular pley-offda qatnashadi.

Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati pandemiya sabab o‘tkazilmagandi. Shundan so‘ng OFK mundial yo‘llanmasiga ega chiquvchi jamoalarni saralashsiz aniqlab olishga qaror qildi.