Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan 30 yoshli erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida mazkur ish yuzasidan so‘nggi sud bo‘lib o‘tdi.

A.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bir necha bandlari:

  • «a» (ikki yoki undan ortiq shaxsni);
  • «b» (homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni);
  • «v» (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni);
  • «g» (o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini);
  • «j» (o‘ta shafqatsizlik bilan);
  • «o» (boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida);
  • «r» (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bandlari va 219-moddasi birinchi qismi (qarshilik ko‘rsatish, fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topildi.

A.X. ga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismiga asosan yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali, uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.