Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 21 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 12,12 so‘mga qimmatladi va 10 537,76 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 35,66 so‘mga ko‘tarildi va 12 706,43 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,20 so‘mga qimmatladi va 138,20 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 13 so‘mga qimmatlab, jami 10 525 so‘mni tashkil qilgandi.