Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni fevral oyi bilan taqqoslaganda o‘zgarishsiz qoldi va 20,2 ming donani tashkil qildi. Bu esa o‘tgan yil mart oyidan 34,4%ga ko‘proq hisoblanadi.

Mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. 2020 yil mart oyi bilan taqqoslaganda avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qildi. 2020 yil mart oyida respublika bo‘yicha joriy etilgan lokdaun natijasida savdolar fevral oyiga nisbatan 34,6%ga kamaygan edi.


Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi indeksi.

Hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (31,5%), Xorazm (30,5%), Jizzax (23,5%) vilotyalarida ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni yuqori sur’atlarda o‘sdi.

Bunda, Buxoro (7,9%), Qashqadaryo (7%) va Andijon (4,3%) viloyatlarida sezilarli darajada kamayish kuzatildi.