16 aprel kuni O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoinori Fujiyama rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish uchun 195 mln dollarlik kelishuv notalarini imzolashdi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga elchixona xabar berdi.

O‘zbekiston hukumatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kredit mamlakatni elektr energiyasi sohasidagi siyosiy muammolarni hal qilish va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish hamda barqarorlashuviga hissa qo‘shishga qaratilgan. Ushbu kredit Yaponiya tomonidan AQSH dollarida taqdim etilgan O‘zbekistonga birinchi kredit bo‘ldi.

«O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda, shu munosabat bilan mamlakatda elektr energiyasini boshqarish, aniq statistik ma’lumotlar, xalqaro buxgalteriya hisobi standartlariga asoslangan moliyaviy menejment va elektr stansiyalarini ekspluatatsiya qilish, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish kabi vazifalar muhim bo‘lib turibdi», — deya ta’kidlashdi elchixonada.

Kredit 25 yilga, Libor (olti oy) stavkasi bo‘yicha 7 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1,1 foiz miqdorida ajratildi.

O‘zbekistonning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan (JICA) umumiy qiymati 333,4 mln dollarlik ikkita kredit jalb qilish rejalari mart oyida e’lon qilingan edi.