Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar ma’lum ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:

  • To‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi — Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;
  • To‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li — Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shox ko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);
  • Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shox ko‘chasi — Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha («Jasorat» haykali);
  • Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Sharov Rashidov shox ko‘chasidan («Jasorat» haykali) Labzak ko‘chasigacha («Anhor-Lokomotiv» bog‘i).

«Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.