Prezidentining 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Tayinlovdan oldin u prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Baxtiyor Rahimov yangi lavozimida Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.