Hukumat qarori bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori etib Alisher Inakov tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alisher Inakov bundan avval, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi rahbari bo‘lgan.

Shu bilan birga, Agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Baxodir Karimov tayinlandi.

Gayrat Israilov Agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni prezidentining «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Farmonga muvofiq, SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bo‘linmalari negizida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan.