Hukumat qaroriga ko‘ra tasdiqlangan nizomga ko‘ra, konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam (qarz) so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Konsullik okrugi — xorijdagi muassasa ish olib boradigan hudud, u bir nechta davlat hududini o‘z ichiga olishi mumkin.

Muassasa tomonidan 2 ish kunida fuqarodan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qilinadi, arizada keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshirilib, uning xorijda bo‘lish sharoitlari (maqsadi, viza, yashash sharoiti) aniqlanadi.

Agar moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq deb topilsa, Tashqi ishlar vazirligining roziligini olgan holda fuqaro bilan qarz shartnomasi tuziladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkaziladi.

Ariza rad qilinganda konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.

Qarz olgan fuqaro uni 30 kun ichida respublika byudjetiga qaytaradi.


Yordam puli me’yori.