Namangan viloyatidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suvdan 70% kuyish natijasida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, marhum Ulug‘bek Xoshimovning ota-onasi yo‘llagan murojaatdan so‘ng holat vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Natijada bola tarbiyalangan guruhda ishlagan barcha xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Tergov natijalariga ko‘ra, xodimlar o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi va tashkilotda xavfsizlik standartlariga rioya qilinmaganligi uchun 7 aprel kuni maxsus bog‘cha direktori, katta hamshirasi va qo‘riqchisi bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Vazirlik holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan jazo tayinlashini tarafdori, deyiladi xabarda.