Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 14 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 16,95 so‘mga qimmatladi va 10 492,36 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 10,73 so‘mga ko‘tarildi va 12 480,66 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,58 so‘mga qimmatladi va 136,01 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 2 so‘mga arzonlab, jami 10 475 so‘mni tashkil qilgandi.