Telegram messenjeri IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bu reja katta ehtimol bilan 2023 yilda amalga oshiriladi, deya xabar berdi Vedomosti.

Xabar berilishicha, kompaniya 30−50 mlrd dollarga baholanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kompaniya bozorga aksiyalarning 10−25 foizini chiqarishi mumkin. Telegram o‘z aksiyalarini Osiyo birja bozorlaridan birida joylashtirishi mumkin.

Messenjer IPO’ga qadar diagnostika qilishni boshladi va hozirda aksiya o‘tkazishni rejalashtirgan mintaqa va birjalarni yaqindan o‘rganishmoqda. Unga ko‘ra, hozirda Telegram aksiyadorlari «IPO formatiga ko‘proq yaqinroq».

Ma’lumot uchun, IPO — (Initial Public Offering) aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq investorlar Telegram’ni 30 mlrd dollarga baholashgani haqida xabar berilgan edi.