Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo sharoitini markazi Qozog‘istonning janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori siklon belgilaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Dushanba kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida kecha-kunduz davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Seshanba kuni Surxondaryo viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5−10 daraja, kunduzi 17−22 daraja iliqni tashkil etadi.

Chorshanba kuni respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 7−12 daraja, kunduzi 20−25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9−14 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.