Birlashgan Arab Amirliklari ikki nafar yangi astronavtlari ismlarini ma’lum qildi, ulardan biri ayol kishi, deya xabar berdi TASS, BAA bosh vaziri ma’lumotlariga asoslangan holda.

Yangi astronavtlar Muhammad al-Mulla va Nura al-Matrush 4 ming nafar nomzod orasidan tanlab olingan. Ular tez oradan NASA astronavtlar tayyorlash dasturiga qo‘shilishadi. Nura al-Matrush arab davlatlaridagi ilk ayol-astronavtga aylanadi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 25 sentyabrida BAAlik ilk kosmonavt Xazaa al-Mansuriy ekspeditsiya tarkibida orbita stansiyasiga uchgan edi.