Bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. 2020 yilga qadar Bojxona raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov esa uning o‘rniga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.