Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarga qarshi kurashish maqsadida poytaxtda tashkil etilgan 81 ta emlash punkti 4 ta shifoxonaga biriktirilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» so‘roviga muvofiq, SES axborot xizmati ma’lum qildi.

Shifoxonalar ro‘yxati:

  • Uchtepa tumanidagi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi;
  • Shayxontoxur tumanidagi 1-son shahar klinik shifoxonasi;
  • Yashnobod tumanidagi 4-son shahar klinik shifoxonasi;
  • Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonasi.

Avvalroq, SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 6 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar qayd etilganini aytgandi.

SES axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, «mazkur shifoxonalarga hozirgi kunga qadar vaksinaning nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan birorta bemor yotqizilmagan. Bunga zarurat bo‘lmagan».