Prezident Shavkat Mirziyoyev hozir bo‘lib o‘tayotgan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida sektor rahbarlarini ishdan olishini ta’kidladi.

«Juda og‘ir tarixiy, og‘ir yillarda yashayapmiz. Bizga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zlaringni qiynab, har kuni izlanish, intilish va pirovard maqsadga ishlash bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi. Shahar va tuman hokimlari bir narsani bilinglar, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlamasak, unga sharoit yaratmasak, tadbirkorni ko‘paytirmasak mahalliy byudjet bo‘lmaydi-ku. Qancha pul bermaylik, qancha sharoit yaratmaylik, qanchadan-qancha qaror va farmon qabul qilmaylik, agar quyi pog‘onadagi tuman rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarmasa, hozirgi sharoitni tushunmas ekan natija bo‘lmaydi», — dedi prezident.

Davlat rahbari vazifalarni bajara olmayotgan sektor rahbarlari ishdan ketishini qayd etdi. «3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman», — dedi u.