Prezidentning «Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida» qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, kinematografiya agentligi huzurida:

  • O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi;
  • byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekiston milliy kinofondi»;
  • xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi «O‘zbekfilm» kinokonserni" tashkil etiladi.

Moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlang‘ich materiallari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bo‘yicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusxada O‘zbekiston milliy kinofondiga topshiriladi

Shu bilan birga, «Multiplikatsion filmlar studiyasi», «Respublika kinoprokat markazi» va uning hududiy filiallari, «Kinematografchilar uyi», «Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi» faoliyati tugatildi.

«Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi» DUK «Yoshlik kinostudiyasi» DUK etib qayta nomlandi.

Mazkur qaror bilan 2021−2022 yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.